Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehmonlar tashrifini xush ko‘ruvchi Jo‘ra ota
17:59 / 2023-05-08

FOTOREPORTAJ

1944 yilning kuzida chiroqchilik Jo‘ra Yodgorovning qo‘liga harbiy komissariat tomonidan frontga chaqiruv qog‘ozini tutqazildi. Urush janggohlarida ko‘plab yigitlar qatori tinchligimiz uchun mardonavor kurashdi. G‘alabani Germaniyada qarshi olgan otaxon urush vayronalarini tiklashda ishtirok etib, 1949 yilda qishlog‘iga qaytdi. Urushdan qaytganida Jo‘ra boboning ko‘ksi orden va medallarga to‘la edi. Biroq uning dahshatlari, yo‘qotilgan safdoshlar xotirasi qalbida bir umrga muhrlandi.

Urushdan so‘ng otaxon uzoq yillar kolxozda ishchi, Chiroqchi pochta aloqa tarmog‘ida pochtalon bo‘lib ishladi. Hozirda farzandu nabiralari, chevarayu evaralari, el-yurti ardog‘ida keksalik gashtini surmoqda.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan, qolaversa, otaxonning duolarini olish maqsadida kelayotgan mehmonlar tufayli bugun otaxon xonadoni odatdagidan ko‘ra gavjum.  

[gallery-11781]

Mehmonlar tashrifini xush ko‘ruvchi Jo‘ra ota esa urush xotiralarini so‘zlash bilan bir qatorda, buyuk ne’mat bo‘lgan tinchligimizning nechog‘li qadrli  ekanligi, uni asrash uchun har bir inson harakat qilmog‘i kerakligi haqida ta’kidlashdan charchamaydi.  

Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA