Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehmondo‘stlik sohasi yetakchi mutaxassislari Toshkentda jam bo‘ladi
13:27 / 2026-02-09

2026 yil 13-14 fevral kunlari poytaxtimizda mehmondo‘stlik industriyasi mutaxassislari uchun muhim ishbilarmonlik tadbiri — “Hotel Business Forum 2026” bo‘lib o‘tadi. Joriy yilda forumning asosiy mavzusi: “Sun’iy intellekt: turizm va mehmondo‘stlikning yangi trendi” etib belgilangan.

Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, HBF — mehmonxona va turizm biznesidagi dolzarb tendensiyalar hamda amaliy yechimlarni muhokama qilishga mo‘ljallangan professional platforma bo‘lib, xalqaro darajadagi yetakchi ekspertlarni birlashtiradi. Forum markazida xizmatlarni raqamlashtirish, IT- yechimlar, ekologiya va barqaror rivojlanish, MICE yo‘nalishi, shuningdek ta’lim va kadrlar tayyorlash — sohaning asosiy “harakatlantiruvchi kuchi” sifatida muhokama qilinadi.

Forum dasturi yalpi majlis va rasmiy qismni, shuningdek asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha panel muhokamalarini o‘z ichiga oladi. Spiker va moderatorlar sifatida mehmonxona egalari, turoperatorlar, marketologlar, IT-kompaniyalar va mehmonxona xizmatlari yetkazib beruvchilari ishtirok etib, inqirozli vaziyatlarni yengib o‘tish bo‘yicha eng yaxshi tajriba va keyslar bilan o‘rtoqlashadi.

Forum doirasida HoReCa segmenti uchun mo‘ljallangan interaktiv B2B- ko‘rgazma alohida o‘rin egallaydi. Unda mehmonxona biznesi uchun mahsulot va xizmatlarning to‘liq spektri namoyish etiladi: uskunalar, professional idish-tovoq va inventar, mebel va interer buyumlari, tekstil va forma, avtomatlashtirish, xavfsizlik, yorug‘lik va ovoz tizimlari yetakchi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilardan taqdim etiladi.

Joriy yilda tashkil etilayotgan  "Hotel Business Forum" “Aqlli va yashil biznes: texnologiyalar orqali barqarorlik”, “Mehmondo‘stlikda ayollar yetakchiligi: texnologiyalar va insoniylik muvozanati” “ Glamping — barqaror rivojlanish drayveri sifatida”, “Sun’iy intellekt mehmonxonalarni boshqarish, servis, marketing va barqarorlikni qanday o‘zgartirmoqda” kabi mavzularni o‘z ichiga oladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA