Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehmon bunyodkorlik ishlariga yuqori baho berdi
11:56 / 2024-10-28

Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Malayziya Parlamenti Senati raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Mohammad bilan uchrashdi.

Viloyat rahbari dastlab Buxoroda har jihatdan puxta va yuqori saviyada tashkil etilgan saylov jarayonlari haqida to‘xtaldi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqqani, parlamentlararo, hukumatlararo, ishbilarmonlik aloqalari rivoj topayotganini qayd etdi. Xususan, turizm yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi turizm ob’ektlari, ziyorat turizmi uchun yaratilgan qulay imkoniyatlarga alohida to‘xtaldi.  

O‘z navbatida Nur Jazlan Mohammad ko‘hna Buxoroda kechayotgan o‘zgarish va yangilanishlarga bevosita guvoh bo‘lganini ta’kidlab, bunyodkorliklar ishlariga yuqori baho berdi.  

– Buxoroga 2009 yilda kelgan edim, – deydi mehmon. – O‘tgan davr mobaynida juda katta o‘zgarishlar amalga oshirilibdi. Buxoro chindan ham turizm poytaxtiga aylanib boryapti. Tashrifimiz davomida parlamentlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarimiz o‘z natijasini berayotganiga guvoh bo‘ldim. Kelgusida o‘zaro hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi, deb o‘ylayman.  

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda kelgusida hududlararo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokamalar markazida bo‘ldi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.