English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mega ko‘prik nega xarob ahvolga kelmoqda?
12:12 / 2024-02-20

Navoiy shahridagi Amir Temur va G‘alaba shoh ko‘chalari chorrahasida qurilgan mega ko‘prikning foydalanishga topshirilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. U 2020 yilning yozida qurilgandi. Qurilish qiymati taxminan 16 milliard so‘m atrofida.

Ushbu ko‘prik yo‘l-transport hodisalari xavfini kamaytirish va tirbandlikning oldini olish maqsadida qurilgan. Ko‘prik qurilishi g‘ayrioddiy dizayn yechimga ega bo‘lib, milliy uslubda ishlangan. Zinadan tashqari, panduslar va to‘rt tomonda 4 ta lift mavjud.

Qisqa vaqt ichida ushbu ko‘prik Navoiy shahrining “tashrif qog‘ozi”ga aylandi, desak mubolag‘a emas.

Ammo gap ko‘prikning mahobati-yu, uning o‘zgacha ko‘rinishida emas. Bugungi kunda odamlarimizning unga bo‘lgan munosabatida, foydalanish madaniyati haqida.

To‘rt yil unchalik ko‘p vaqt emas. O‘tgan shu vaqt ichida ko‘prik “poli”ning aksariyat qismi foydalanishga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.  

Ko‘prikning ust va yon qismi yog‘in-sochin va quyosh nuridan himoya maqsadida yopilgan. Bugungi kunda yon tarafdagi qismlar go‘yoki “Sevishganlar taxtasi”yu qidiruv burchagiga aylangan. Yoshlar o‘z ismlarini qisqartirib yozib qo‘yishibdi, sevishganlar, do‘stga aylanishganlar, bir-birlarini topishi uchun manzil ham qoldirishgan. Hattoki liftning ichki tomoniga ham rangli vositalar yordamida ismlarini yozishganiga nima deysiz?!

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur chorrahada bir sutkada 30 ming atrofida avtotransport vositasi hamda 10-15 ming nafargacha piyodalar harakatlanadi.  

[gallery-16010]

Tirbandlikning oldini olish maqsadida qurilgan bu ko‘prik barchamizning mulkimiz. Shuning uchun uning saqlanishi, uzoq yillar xizmat qilishini ta’minlash barchamizga tegishli ekanligini unutmaylik.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat),

O‘zA muxbirlari