Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Media sohasidagi imkoniyatlar muhokama qilindi
12:00 / 2025-08-28

Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev hamda Xitoy Xalq Respublikasining Sichuan provinsiyasi Tashqi ishlar boshqarmasi direktori o‘rinbosari Li Xua Syan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, hususan, madaniy va media loyihalarda hamkorlik qilish, tajriba almashish va Toshkent turizm salohiyatini Xitoy bozorida targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, hududlararo aloqalarni mustahkamlash muhimligi qayd etilib, bunday tashriflar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Milliy teleradiokompaniya rahbariyati bilan uchrashdi. Unda qo‘shma media loyihalar istiqbollari muhokama qilindi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA