English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Media sanoati kelajagi haqidagi kitob taqdim etildi
19:26 / 2023-03-28

Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – WAM hamda Buyuk Britaniyaning yetakchi tahliliy markazi “Genri Jekson jamiyati” hamkorligida media sanoati kelajagidan so‘zlovchi “Oq kitob”ni taqdim etdi.

Londonda uyushtirilgan eksklyuziv tadbirda 60 dan ziyod media tashkilot rahbari, parlament a’zolari, akademiklar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Mutaxassislar “Dezinformatsiya davrida barqaror media tashkiloti tuzish” mavzusini muhokama qildilar.

Munozarani sobiq jurnalist, “Genri Jekson jamiyati” tadqiqotlar bo‘yicha direktori Mark Siduell olib bordi. WAM Bosh direktori Muhammad Jalol Ar-Raisiy “Oq kitob” jahon media tashkilotlari uchun harakat dasturi bo‘lishiga ishonch bildirdi. “Biz qo‘llanmani har yili yangilab borish niyatidamiz” dedi u.

“Oq kitob” 2022 yil Abu-Dabi milliy ko‘rgazma kompaniyasi – ADNEC Group bilan hamkorlikda tashkil etilgan birinchi Global Media kongressidan so‘ng nashr etildi. Uch kun davomida tadbirga 14 000 ekspert va ishtirokchi tashrif buyurdi. Ayni payt joriy yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi anjumanga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zA

 

 

 

https://uza.uz/posts/467177