French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Media-kontent ishlab chiqishda fotoreportajning o‘rni
20:05 / 2025-04-16

Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) “Ommaviy axborot vositalari uchun fotoreportaj: fotografiyani tushunish, muhim elementlar va keng tarqalgan xatolar” mavzusida masofaviy seminar tashkil qildi. Tadbirda turli davlatlardan 200 ga yaqin amaliyotchi ishtirok etdi.

Seminarda fotografiyaga qiziquvchilar duch keladigan salbiy holatlarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, suratga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatolar, turli manbalar uchun ishlanayotganda rakurs to‘g‘ri tanlanishi kabi mavzular ham tahlil qilindi.

Darvoqe, UNA-OIC tomonidan o‘quv va ta’lim dasturlari doirasida tashkil etilayotgan bunday anjumanlar a’zo davlatlar jurnalistlari imkoniyatini oshirish, ularning media-kontent ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklardan xabardorligini oshirishga qaratilgan.

M.Pirmatova, O‘zA