Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mederbek Shermetaliyev: Saylov ochiqlik asosida o‘tmoqda
11:42 / 2024-10-27

Mamlakatimizda o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini xalqaro kuzatuvchilar, xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari bevosita kuzatib bormoqda.

Saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan “Kabar” Qirg‘iziston Milliy axborot agentligi direktori Mederbek Shermetaliyev bilan suhbatlashdik.  

– Saylov uchastkalarida bo‘lib, ovoz berish jarayoni qanday o‘tayotganini bevosita kuzatib boryapmiz, – dedi M.Shermetaliyev. – Aholi siyosiy jarayonda juda faol ishtirok etmoqda. Fuqarolarning erkin ovoz berishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Muhimi, saylov demokratik talablardan biri bo‘lgan – ochiqlik asosida o‘tmoqda. Jurnalistlar bu jarayonni bevosita  kuzatish bilan birga, faol yoritib borayotganiga guvoh bo‘ldim.  

N.Abduraimova,  

N.Haydarov (surat),

O‘zA