Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddati 2024 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirilishi aytildi
17:30 / 2022-11-07

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mebelsozlikda kelgusi yilda mahsulot hajmini 5 trillion so‘mga, eksportni 50 million dollarga yetkazish zarur.

Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgani, ularni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Ushbu viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda mahallalar atrofida mebel sanoat markazlarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi. Shuningdek:

– kelgusi yilda 250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish;

– 15 ta mebelsozlik sanoat zonalari infratuzilmasiga 55 milliard so‘m ajratish;

– mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddatini 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

O‘zA