Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mebelsozlik sohasida Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
17:09 / 2026-01-28

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning Turkiya Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hokimi Turkiyaning Istanbul viloyatida joylashgan “Tuna Ofis” kompaniyasi bo‘ldi. Kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishdi, kompaniya rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, mebelsozlik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida Andijon viloyatiga investitsiya kiritish, zamonaviy texnologiyalarni olib kelish, mebel ishlab chiqarishda tajriba almashish hamda hamkorlikda mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Tuna Ofis” Turkiyada ofis mebellari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya ishlab chiqarish jarayonlariga Turkiya, Germaniya va Italiyaning ilg‘or texnologiyalarini keng joriy etgan. Kompaniya mahsulotlari nafaqat Turkiya bozorida, balki Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga ham kirib borgan. 

Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlik Andijon viloyatida mebelsozlik sanoatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 

F.Ubaydullayev, O‘zA muxbiri