Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mebel uchun yog‘och va yog‘och materiallarini markazlashgan holda olib kelish yo‘lga qo‘yiladi
11:41 / 2025-05-26

Mebel tannarxida import xomashyo ulushi 50-60 foizni tashkil qilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar tannarxni pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, bo‘yoq, kley, DSP kabi xomashyoga bojni kamaytirishni so‘ragan.

–Milliy mahsulotlarimiz raqobatbardosh bo‘lishi uchun bunga rozilik beraman, – dedi Prezident.

Mutasaddilarga 14 turdagi xomashyo, furnitura, aksessuar uchun 3 yil muddatga import bojini 1 foiz etib belgilash bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Mebel uchun yog‘och va yog‘och materiallarini markazlashgan holda olib kelish yo‘lga qo‘yiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA