Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDHning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
11:19 / 2025-06-25

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashining 67-yig‘ilishida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.

Xalqaro uchrashuvda Kengash tarkibiga a’zo milliy idora rahbarlari va ekspertlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Standartlar byurosi vakillari tomonidan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalari faoliyatini takomillashtirishga oid masalalar muhokama etilib, manfaatli qarorlar qabul qilindi.  

Shuningdek, ilmiy-texnikaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni  kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.  

Nufuzli tadbir doirasida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A.Jumanazarov Belarus Respublikasi Gosstandart qo‘mitasi raisi Morgunova Yelena Mixaylovna bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Unda savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sinov va sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratildi.  

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va bozor nazorati sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga kelishib olindi.  

Yig‘ilish doirasida buyuk allomalarimizga bag‘ishlangan kitob taqdimoti ham bo‘lib  o‘tdi. Unda “Metrologiya rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk Sharq allomalari” va Alisher Navoiy asarlarida ilgari surilgan ilmiy va falsafiy qarashlar, chuqur tahliliy yondashuvlarning aniq manbalarga tayangani va ushbu kitoblar o‘quvchi tafakkurining boyishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA