Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDHga raislik Turkmanistonga o‘tadi
17:02 / 2025-10-10

2026 yil 1 yanvardan boshlab Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi raislik Tojikistondan Turkmanistonga o‘tadi.

Bu haqda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Dushanbeda bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida aytib o‘tdi.

— Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi yig‘ilishida kelasi yil yanvar oyidan Hamdo‘stlikka raislik Turkmanistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi, — dedi Tojikiston yetakchisi.

Uch yillik muddatga qayta saylangan MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ta’kidlaganidek, Davlat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi 2026 yil 9 oktyabr kuni Turkmanistonda o‘tadi.

G.Sattorova, O‘zA