Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi
17:00 / 2021-11-26

Poytaxtimizning “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida joriy yilning 26-27 noyabr kunlari MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida bank-kredit, investitsiya, sug‘urta qayta sug‘urtalash hamda lizing faoliyatlari bo‘yicha qator xalqaro konferensiyalar, ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.

“Agrobank" ATB vakillari ham forumda ishtirok etib, o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Transkapitalbank”i bilan 22 mln Yevro miqdoridagi moliyaviy kelishuvga erishildi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim rasmiylashtirildi.

Birlashgan Arab Amirliklarining "Mashreqbank" bilan Yaqin Sharqdagi banklar o‘rtasida sindikatlangan kreditni tashkil etish yo‘nalishida 75 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni jalb etish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi va savdo kreditini taqdim etishga bosh kelishuv imzolandi.

Mazkur forumda Xalqaro moliya institutlari bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi.

Bank matbuot xizmati