MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari kengashining harbiy va harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi.
Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirokidagi yig‘ilishda harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikning bir qator masalalari muhokama qilinib, dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida fikr almashildi.
O‘zA