French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDHda yagona xalqaro taʼlim dasturi Oʻzbekistonda ishga tushdi
19:27 / 2019-02-26

Poytaxtimizdagi “British Foundation Tashkent” nodavlat taʼlim muassasasida 26 fevral kuni Buyuk Britaniyaning “NCUK Foundation” konsorsiumi filialining ochilish marosimi boʻldi.


Poytaxtimizdagi “British Foundation Tashkent” nodavlat taʼlim muassasasida 26 fevral kuni Buyuk Britaniyaning “NCUK Foundation” konsorsiumi filialining ochilish marosimi boʻldi.

Qator rivojlangan mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniyada umumiy oʻrta taʼlim 12 yilni tashkil etadi, Oʻzbekistonda esa 11 yil. Ushbu farqni bartaraf etish maqsadida Birlashgan Qirollikning 16 ta yetakchi universiteti konsorsiumi bilan Oʻzbekiston uchun bir yillik “NCUK Foundation” taʼlim dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur MDHda yagona boʻlib, uning koʻmagida yoshlar taʼlim boʻyicha farqni qoplash bilan birga, ingliz tili, matematika, iqtisodiyot kabi fanlarni mukammal oʻzlashtirish imkoniyatiga ega boʻladi.

“NCUK Foundation” konsorsiumi filialiga kollej, litsey, maktablar bitiruvchilari imtihon asosida qabul qilinadi. Taʼlim davomiyligi bir yil boʻlib, toʻlov-shartnoma (toʻlov 7 ming AQSH dollari miqdorida) asosida amalga oshiriladi. Filialni tamomlagan yoshlar nafaqat mamlakatimiz, balki Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliyaning yetakchi universitetlariga imtihonsiz oʻqishga kiradi

Filial “British Education” xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan ochildi.

– Davlatimiz rahbari Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 26 yillik marosimida mamlakatimizda taʼlim standartlari va oʻqitish uslublarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida, oʻquvchining individual qobiliyatini roʻyobga chiqarish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish zarurligini taʼkidlagan edi, – deydi “British Foundation Tashkent” nodavlat taʼlim muassasasi direktori Feruza Omonova. – Toshkentda “NCUK Foundation” konsorsiumi filialining ochilishi shunga xizmat qiladi. Ayni vaqtda 50 oʻquvchi konsorsiumda oʻqishni boshladi. Barcha oʻquv jarayoni Buyuk Britaniyadan kelgan malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.

Tadbirda “British Education” xalqaro taʼlim tashkiloti va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi. “NCUK Foundation” konsorsiumi filialiga grant asosida tahsil olish uchun har yili 10 nafar iqtidorli yigit-qiz tomonlar tavsiyasiga asosan belgilangan tartibda oʻqishga qabul qilinadi.