Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH TIV yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasi majlisi to‘g‘risida
10:44 / 2020-12-23

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining 29 majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasidan Maslahatlashuv qo‘mitasidagi a’zolar, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida tomonlar MDH doirasidagi huquqiy hamkorlikning umumiy masalalari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha Uslubiy tavsiyalar loyihasini qayta ishlash va kelishish bo‘yicha ishchi guruh tuzish, shuningdek, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarga yuboriladigan delegatsiyalarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konvensiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokama etilgan masalalar bo‘yicha bayonnoma qabul qilindi.