Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi Toshkent shahrida o‘tkaziladi
11:14 / 2022-10-13

Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

MDH doirasida 2023 yili ko‘p darajali tashqi ishlar vazirliklararo maslahatlashuvlarni o‘tkazish rejasi hamda 2021-2030 yillarda MDHga a’zo davlatlarning Yoshlar bo‘yicha xalqaro hamkorligi strategiyasini 2023-2024 yillarda amalga oshirish yuzasidan tadbirlar rejasi ma’qullandi.

“Hamdo‘stlik sport poytaxtlari” davlatlararo dasturi qabul qilindi. Unga ko‘ra, MDH sport poytaxti maqomi har yili Hamdo‘stlik davlatlaridagi shaharlardan biriga beriladi.

MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishini 2023 yil 14 aprel kuni Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.