MDH Parlamentlararo Assambleyasining nazorat-byudjet komissiyasi majlisi o‘tkazildi
MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining nazorat-byudjet komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev onlayn shaklda ishtirok etdi.
MDH davlatlarining parlament vakillari, ekspertlari va qonun ijodkorlari ishtirok etgan majlis doirasida Assambleya faoliyatining moliyaviy ta’minoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Assambleyaning 2026 yil uchun xarajatlar smetasi, tadbirlarni moliyalashtirish tartibining yangi tahriri, shuningdek, nazorat-byudjet komissiyasining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasi kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining nazorat-byudjet komissiyasi muhokamasi yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA