Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasi tadbirlari boshlandi
10:50 / 2022-10-27

Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi tadbirlari boshlandi.

“Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm majmuasidagi Kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan sessiya doirasida MDH Parlamentlararo assambleyasi madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.  

Doimiy komissiya majlisini uning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov olib bordi.  

Hamdo‘stlik mamlakatlari parlamentlari vakillariga MDH davlatlari uchun namunaviy Intellektual mulk kodeksining yangi tahriri loyihasi taqdim etildi.  

Parlamentariylar, shuningdek, madaniyat, turizm va sport sohalarida raqamli rivojlanish jabhasida qonun ijodkorligi yo‘nalishini ham muhokama qildilar.  

Shuningdek, majlis kun tartibidan “Televideniye va radioeshittirish to‘g‘risida”, “Raqamli media-resurslar muhitida elektron aloqalar to‘g‘risida”gi namunaviy qonunlarni ishlab chiqish masalalari o‘rin oldi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA