French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘ldi
07:43 / 2021-10-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ham bo‘lib, deputatlar bilan uchrashdi.

Muloqotda parlament quyi palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva  mehmonlarga O‘zbekistondagi saylov tizimi, saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani, saylovga katta tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, saylov jarayonida jamoatchilik va xalqaro kuzatuvlarni amalga oshirish uchun sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli mamlakatimizdagi saylov jarayonlarini kuzatish uchun xalqaro kuzatuvchilarga barcha sharoit yaratilgan.

Uchrashuvda MDH Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari, unga tayyorgarlik ko‘rish ishlari hamda so‘nggi yillarda mamlakatimizdagi o‘zgarish va yangilanishlarga yuqori baho berdi.

Shuningdek, mehmonlar saylov okruglarida ko‘rilayotgan puxta tayyorgarlik, ovoz berish tartib-taomillarini qonunchilikka mos, zamon talablari darajasida amalga oshirilishi, eng muhimi, ochiqlik, oshkoralik saylovning bosh mezoni bo‘lishiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Saylovlarning ochiq va shaffof, xalqaro normalarga muvofiq o‘tishiga tilak bildirildi.

Uchrashuvda xalqaro kuzatuvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 

Muhtarama Komilova, O‘zA