O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish uchun tashrif buyurgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Parlamentlararo assambleyasi kuzatuvchilari missiyasi bilan uchrashdi.
Kuzatuvchilarga O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik, jumladan, saylov qonunchiligiga kiritilgan yangiliklar xususida batafsil axborot berildi. Mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan ushbu siyosiy tadbirga yurtdoshlarimizda qiziqish yuqori ekani ta’kidlandi.
[gallery-4370]
MDH Parlamentlararo assambleyasi missiyasi bo‘lajak saylovni kuzatadi. Kuzatuvchilar guruhining faoliyati MDH Parlamentlararo assambleyasiga a’zo davlatlar fuqarolarining ovoz berish huquqlariga rioya qilinishi, parlamentarizm va demokratiyani rivojlantirishni monitoring qilish xalqaro intstituti tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Suhbat so‘ngida MDH PA kuzatuvchilari saylovning xalqaro mezonlarga muvofiq, ochiq va shaffof o‘tkazilishida muvaffaqiyat tiladi.
Saidmurod Rahimov, O‘zA