Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH o‘yinlarining ilk qahramonlari kutib olindi
10:45 / 2021-09-07

Qozon shahrida davom etayotgan 1-MDH o‘yinlarida 20 ta medallar jamlanmasini qo‘lga kiritgan bokschilarimiz va 11 ta sovringa sazovor bo‘lgan belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari kecha tunda yurtimizga qaytib keldi.

Mamlakatimiz belbog‘li kurashchilari Tatariston poytaxtida o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 oltin, 1 kumush va 6 bronza medaliga egalik qilgan holda jamoalar o‘rtasida 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.  

 Yurtimizning bokschi qizlari Qozon bahslarida 11 ta (3 oltin, 6 kumush va 2 bronza), o‘g‘il bolalar esa 9 ta medalga (4 oltin, 3 kumush va 2 bronza) sazovor bo‘lib, umumjamoa o‘rtasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

 Poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston belbog‘li kurash va boks federatsiyasi vakillari, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida g‘olib va sovrindor sportchilarimiz tantanali kutib olindi.  

 T. Ro‘ziyev. O‘zA