Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH mamlakatlari orasida benzin va dizel yoqilg‘isining eng arzoni Turmanistonda ekan
16:16 / 2022-09-30

Qozog‘istonda yoqilg‘i-moylash mahsulotlari yiliga 8 foizga oshgan, dizel yoqilg‘isi esa bir yo‘la 36 foizga qimmatlashgan. Avgust oyida shaxsiy avtomobillar uchun yoqilg‘i-moylash materialari narxi 7,9 foizga ko‘tarilgan, deb xabar bermoqda «Kazinform» Energyprom.kz saytiga tayanib.

2022 yilning avgust oyida AI-92 markadagi bir litr benzinning chakana narxi Qozog‘istonda 178 tenge, AI-95/96 — 210 tenge, AI-98 — 232 tenge, yozgi dizel yoqilg‘isi — 238 tenge bo‘lgan.

19 sentyabrgacha MDH mamlakatlari ichida eng qimmat benzin va dizel yoqilg‘isi Ukrainada qayd etilgan: tegishlicha 1,341 AQSH dollari va 1,442 AQSH dollari. Eng arzon narx Turkmanistonda kuzatilgan. Bu mamlakatda benzin — 0,428 AQSH dollari, dizel yoqilg‘isi — 0,385 AQSH dollarida sotilmoqda.

Qozog‘istonda bir litr benzin narxi 0,44 AQSH dollari, bir litr dizel yoqilg‘isi — 0,499 AQSH dollariga berilmoqda. Umuman, benzin arzonligi bo‘yicha Qozog‘iston faqat Turkmanistondan orqada qolmoqda.