English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH mamlakatlari ichida o‘zbekistonlik yosh olimlar va tadqiqotchilar e’tirof etildi
13:05 / 2020-12-11

Bojxona tizimiga yangi qabul qilingan yoshlar katta shijoat va jasorat bilan hayotga va xizmatga kirib kelishmoqda.

 Albatta ularning professional kadr bo‘lib yetishishida hukumatimiz tomonidan yoshlarning bilim olishlari va kasb egallashlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan.

bugungi kunda yoshlarimizga yaratib berilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Jumladan joriy yilning sentyabr oyida Qozog‘iston Respublikasi Nur-Sulton shahrida 2020 yilning “Eng yaxshi yosh olimlari” loyihasi asosida yil tanlovi, on-line Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan yosh olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Toshkent Davlat texnika universitetining Olmaliq filiali o‘qituvchisi, yosh tadqiqotchi Ikromjon Uzoqov mazkur xalqaro konferensiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Nufuzli tanlov hay’atining qaroriga ko‘ra, Ikromjon Uzoqov “2020 yilning eng yaxshi tadqiqotchisi” deb e’tirof etildi va birinchi darajali diplom va “Eng yaxshi tadqiqotchi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

I. Uzoqovga diplom va ko‘krak nishonini mazkur universitetning dekani Yusuf Ismatov tantanali topshirdi.

Hozirda Ikromjon Uzoqov Toshkent Davlat texnika universitetining Olmaliq filiali o‘qituvchisi, bevosita ilmiy rahbarlari bilan eng dolzarb mavzuda ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib bormoqda.

Qurbonqul KARIMQULOV,

Bojxona instituti kafedra mudiri, professor