Davlat dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ovoz berish natijalariga ta’sir qiladigan jiddiy qonun buzilishlari qayd etilmadi, dedi MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov.
"Kuzatuvchilar missiyasi ovoz berish natijalariga ta’sir qiladigan birorta ham jiddiy qonunbuzarlikni qayd etmadi", - dedi u Markaziy saylov komissiyasida so‘zga chiqib.
"Rossiya Davlat dumasiga deputatlar saylash jarayoni mamlakatda amal qilayotgan saylov qonunchiligiga muvofiq ravishda tashkil etilgan. Ovoz berish jarayoni dimokratik saylov tamoyillari asosida ochiq va raqobat sharoitida bo‘lib o‘tdi", - qo‘shimcha qildi Ne’matov.
"Saylovlar yuqori darajada tashkil etilgan, saylov jarayonida ishtirok etgan barcha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga to‘liq amal qilingan", - deya bayonot berdi Ne’matov matbuot anjumanida.
Uning ta’kidlashicha, MDH kuzatuvchilari tarkibiga yetti davlatdan vakillar kirgan. Ovoz berish jarayonida ular 167 ta saylov uchastkalarida bo‘lishgan.
Davlat dumasiga deputatlar besh yilga saylanadi. 225 deputat partiya ro‘yxati bo‘yicha saylansa, yana 225 deputat bir mandatli okruglar bo‘yicha ovoz to‘plashi kerak.