Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Iqtisodiy forumining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
08:49 / 2020-09-10

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy forumining birinchi yigʻilishi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Iqtisodiy forumining birinchi yigʻilishi videokonferensiya shaklida oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Hamdoʻstlik mamlakatlarining iqtisodiy va savdo idoralari rahbarlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Bosh vazir oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoыov ishtirok etdi.

Yigʻilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiya va sanoat sohasida hamkorlik bilan bogʻliq keng koʻlamli masalalar kiritildi. Ishtirokchilar koʻp tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishda Hamdoʻstlikning alohida roli borligini bir necha bor taʼkidladilar. Forumni koronavirus pandemiyasi fonida jahon iqtisodiyoti oʻzgarayotgan bir paytda MDH faoliyatining iqtisodiy ustuvor yщnalishlarini ishlab chiqish va barqaror rivojlanish masalalarini hal etish hamda mintaqaviy va global darajadagi dolzarb muammolarga qarshi chora koʻrish boʻyicha nihoyatda muhim va samarali platforma deb hisoblashga tayyorlik bildirildi.

photo_2020-09-10_08-41-09.jpg

Tadbir doirasida pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish va Hamdoʻstlik mamlakatlarida iqtisodiy faollikni ragʻbatlantirish boʻyicha hamkorlik mexanizmlari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi.

Ushbu jarayonda investitsiyaviy hamkorlikni va oʻzaro savdoni rivojlantirish, shuningdek, transport-kommunikatsiya aloqalarini tiklashga qaratilgan inqirozga qarshi qoʻshma dasturlarni ishlab chiqishda mamlakatlararo hamkorlik istiqboli koʻrib chiqildi.

photo_2020-09-10_08-40-54.jpg

Pandemiya davrida biznes olamining salmoqli kismini, eng muhim davlat va taʼlim xizmatlarini onlayn rejimga oʻtkazish tajribasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ulkan salohiyati hamda iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiy etish jarayonlarini jadal ravishda raqamlashtirish zaruriyati taʼkidlandi.

Shu munosabat bilan Hamdoʻstlik mamlakatlarining MDH makonida raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasidagi hamkorligi bщyicha qoʻshma dastur ishlab chiqish va qabul qilish taklif etildi. Bu savdo, moliya va investitsiya, transport, bojxona tarifini tartibga solish, migratsiya va oziq-ovqat xavfsizligi yщnalishlarida ishtirokchi mamlakatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni tubdan takomillashtirish imkonini beradi.

photo_2020-09-10_08-40-51.jpg

Muloqot davomida mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik va farmatsevtika sanoati, qishloq xoʻjaligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash dolzarbligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va mazkur yoʻnalishda mintaqaviy ahamiyatga ega qoʻshma loyihalarni amalga oshirishi istiqboli muhokama qilindi.

photo_2020-09-10_08-40-59.jpg

Bu MDH makonining tranzit salohiyatidan yana-da samarali foydalanish imkonini berib MDHga aʼzo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Ishtirokchilar MDHga aʼzo mamlakatlarida hududlararo infratuzilmani rivojlantirish va aloqalarni mustahkamlash muhimligini taʼkidlab, oʻzaro manfaatli loyihalarni moliyalashtirish uchun MDH Infratuzilmaviy rivojlanish jamgʻarmasini tashkil etish tashabbusini koʻrib chiqdilar.

photo_2020-09-10_08-41-03.jpg

MDH doirasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va sanoat aloqalarini faollashtirish maqsadida Oʻzbekiston tashabbusi bilan muntazam ravishda “Tadbirkorlik tashabbuslari haftaliklari” tashkil etiladi va bu Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarga iqtisodiy hamkorlik masalalari yechimiga koʻp tomonlama formatda yondashish imkonini beradi.

Uchrashuv yakunida mutaxassislar MDHda uzoq muddatga moʻljallangan koʻp qirrali savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni izchil rivojlantirishni taʼminlash maqsadida muhokama etilgan yoʻnalishlar doirasida amaliy hamkorlikka oʻtishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

photo_2020-09-10_08-41-15.jpg