Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajribaga ega
00:24 / 2021-10-22

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida 21 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

MSK Raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev yuqori martabali mehmonni qabul qilar ekan, uning MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilayotganini alohida e’tirof etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini to‘liq kuzatib boradi.

Shu bois uchrashuvda O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi yangiliklar, Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajriba, shuningdek, saylovlarni kuzatish bo‘yicha kerakli huquqiy bazaga ega.

MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasi O‘zbekistonga tashrifi mobaynida respublikamizning bir qator saylov uchastkalarida bo‘lib, saylovlar yuzasidan o‘zining tegishli xulosalari va tavsiyalarini berishni rejalashtirgan.

Uchrashuv yakunida Sergey Lebedev saylovlarni demokratik, erkin va oshkora o‘tkazishda muvaffaqiyat tiladi.

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA muxbiri