Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH davlatlari orasida eng yuqori iqtisodiy o‘sish Tojikistonda kuzatiladi
18:56 / 2021-06-11

Jahon bankining hisobotida keltirilishicha, 2021 yil jahon iqtisodiyoti o‘sishi 5,6 foizni tashkil etadi, Bu so‘nggi 80 yil davomida eng yuqori o‘sish ekani aytilmoqda.

Shunga qaramay, iqtisodiy tiklanish jarayoni nomutanosib ravishda kechadi, deyilmoqda hisobotda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, global tiklanish asosan yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarning jadal rivojlanishi hisobiga yuz beradi. Ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar esa pandemiyaning salbiy oqibatlarini uzoq vaqt sezib turadi.

Jahon iqtisodiyotining tiklanishiga AQSH va Xitoy katta hissa qo‘shadi. Masalan, Xitoy iqtisodiyoti 2021 yilda 8,5 foizga, AQSHniki esa 6,8 foizga o‘sadi.

Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari iqtisodiyoti juda sekin tiklanadi.

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti 2021 va 2022 yillarda o‘rtacha 3,9 foizga o‘sadi. Ushbu hisob-kitob Jahon bankining avvalgi ma’ruzasida keltirilgan statistikadan ancha ishonchli ekani aytilmoqda. Ekspertlarning fikricha, mazkur mintaqa mamlakatlarida yilning ikkinchi yarmida emlash jarayoni jadallashishi mumkin, bu esa iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’ruzasida MDH mamlakatlari orasida eng yuqori o‘sish Tojikistonda kuzatilishi ta’kidlangan. 2021 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmi 5,3 foizga oshadi.

Jahon banki mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishiga quyidagicha baho bermoqda:

Ozarbayjon 2,8 foiz

Armaniston 3,4 foiz

Belarus 2,2 foiz

Gruziya 6 foiz

Qozog‘iston 3,2 foiz

Qirg‘iziston 3,8 foiz

Moldova 3,8 foiz

Rossiya 3,2 foiz

Tojikiston 5,3 foiz

Ukraina 3,8 foiz

O‘zbekiston 4,8 foiz