Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH davlatlari geologiya sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda
19:28 / 2025-09-30

Geologiya sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasida “Yer qa’rini qidirish, foydalanish va muhofaza qilish” bo‘yicha Hukumatlararo kengash faoliyat yuritib kelmoqda.

Yaqinda ana shunday hamkorlikning navbatdagi bosqichi Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida mazkur kengashning XXVIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizim ostisidagi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida 2024 yilning ikkinchi yarmi va 2025 yilning birinchi yarim yilligida Hukumatlararo kengashning istiqbolli rejasi doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.

Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari tomonidan mamlakatimizda geologiya sohasiga joriy etilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ilg‘or ilmiy-amaliy uslublar va ular orqali qo‘lga kiritilayotgan natijalar haqida ma’ruzalar qilindi.

Shuningdek, Hukumatlararo kengash faoliyatini samarali tashkil etish va geologiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda munosib hissa qo‘shgan bir qator mutaxassislar maxsus mukofotlar bilan taqdirlandi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu taqdirlash marosimida “Geologiya muzeyi” davlat muassasasi direktori Ahmadjon Ahmedshayev kengashning ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA