Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratmoqda
16:53 / 2021-09-29

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 29 sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ta’kidlash kerak, Sergey Lebedev 29-30 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” xalqaro anjumanida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.

Yuqori darajali uchrashuvda tomonlar MDH doirasidagi hamkorlik hamda xalqaro kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi. Shu o‘rinda bo‘lajak ko‘p qirrali tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Qolaversa, a’zo davlatlar o‘rtasida qator sohalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash muhim ekani qayd etildi.  

− Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni rivojlantirish, o‘zaro fikr almashish va dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilish uchun keng imkoniyat yaratmoqda, – deya ta’kidladi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov.

Shuningdek, MDH davlat rahbarlari Kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA