Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH davlat arxiv idoralari Maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
15:45 / 2022-07-18

Qozog‘istonning Almati shahrida MDH mamlakatlari davlat arxiv idoralari rahbarlari Maslahat kengashining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda «O‘zarxiv» agentligi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.  
 
Yig‘ilishda «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov ma’ruza qildi. Ma’ruzada O‘zbekistonda arxiv ishi va ish yuritish sohasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, joriy etilgan elektron arxiv xizmatlari, ishlab chiqilgan axborot tizimlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik, moddiy-texnik ta’minot va sohani rivojlantirishga doir takliflar taqdim etildi.  


 
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, navbatdagi Maslahat kengashi raisligiga O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovni saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Navbatdagi Maslahat kengashining 19-yig‘ilishi 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilandi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA