Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH Bosh prokurorlari: transmilliy tahdidlar sharoitida idoralararo hamkorlikni mustahkamlash zarur
11:17 / 2025-10-22

Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining muvofiqlashtiruvchi kengashi 35-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.   

Yig‘ilishda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi va o‘zaro tajriba almashildi.

Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev “Qurilish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining tajribasi” mavzusida ma’ruza bilan chiqish qildi. 

Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari MDHga a’zo davlatlar prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan tegishli qarorlarni imzoladi.

Ta’kidlanishicha, o‘sib borayotgan transmilliy tahdidlar va chaqiriqlar sharoitida idoralararo hamkorlikni mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi. 

Qo‘shma sa’y-harakatlar nafaqat ilg‘or tajriba almashish, balki inson huquqlari, xavfsizligi va manfaatlari ustuvor bo‘lgan yagona huquqiy makonni shakllantirishga qaratilgani qayd etildi.

N.Abduraimova,

O‘zA