French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“McDonald’s” va “Burger King” kompaniyalari ko‘p marta ishlatiluvchi idishlardan foydalanishga o‘tmoqchi
12:41 / 2021-09-24

Mashhur va ommabop tezkor ovqatlanish tarmoqlari ko‘p marta ishlatiluvchi idishlardan foydalanishga o‘tish orqali chiqindilar miqdorini kamaytirishni istaydi, deyiladi “The Wall Street Journal” xabarida.

“Mconald’s” va “Burger King” kompaniyasi burger va ichimliklar uchun ko‘p marta foydalaniluvchi idishlar ishlab chiqaruvchi “Loop” kompaniyasi bilan bitim tuzdi.  

Mijozlardan idish uchun avvaldan ma’lum garov puli olinadi va idish restoran yoki maxsus qabul punktiga topshirilganida shu garov puli qaytarib beriladi. “Burger King”  Nyu-York va Tokiodagi restoranlarda buni sinovdan o‘tkazadi.  

“McDonald’s” esa bunday idishlardan sotib olishga ham ulgurib, mijozlar bu borada yaxshi fikrda ekanini ma’lum qilgan.