Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
McDonald`s savdo susayishida Isroilni aybladi
11:17 / 2024-02-08

Isroilning G‘azodagi amaliyoti boshlangandan so‘ng musulmon davlatlaridagi mijozlar ayrim brendlarni boykot qilishi oqibatida “McDonald`s” savdo ko‘rsatkichida keskin pasayish kuzatilgan.

Kompaniya bosh direktori ushbu mojaro Yaqin Sharq mamlakatlari, Malayziya, Indoneziya kabi musulmonlar ko‘p yashaydigan davlatlarda sotuvga sezilarli ta’sir ko‘rsatganini aytdi.

– Ziddiyat davom etarkan, biror ijobiy natija kuta olmaymiz, – dedi u. – Bu insoniyat fojiasi.

O‘tgan yil oktyabr-dekabr oylarida ovqatlanish tarmog‘ining Yaqin Sharq, Xitoy va Hindiston bo‘linmasi bo‘yicha xarid o‘sishi kutilgan 5,5 foizdan ancha past – 0,7 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, o‘tgan hafta “Sturbucks” kafelar tarmog‘i Yaqin Sharqda biznes ko‘rsatkichi pasayishi ortidan yillik savdo prognozini pasaytirgan.