Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mbappe nega faqat ikkita homiy bilan ishlaydi yoxud “reklama doskasi boʻlishni istamaydigan” yulduz
13:04 / 2019-03-10

“PSJ” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe LʼEquipe nashriga bergan intervyusida nima sababdan koʻplab homiylik shartnomalari bilan shartnoma imzolamasligini maʼlum qildi


“PSJ” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe LʼEquipe nashriga bergan intervyusida nima sababdan koʻplab homiylik shartnomalari bilan shartnoma imzolamasligini maʼlum qildi.

– Rossiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatidan keyin Yelisey maydonida ikki qavatli avtobusda jamoa bilan sayohat qildingiz va fotosuratga tushmagan yoki tushishni xohlamagan oz sonli kishilardan biri edingiz.

– Ha, men xotirjam edim. Men faqat tomosha qildim. Umid qilamanki, men Jahon kubogida yana ishtirok etaman, ammo bunday tadbirlar har kuni sodir boʻlmasligini ham yaxshi tushunaman.

Yoshga kelsak, men doimo bolalar bilan muloqotdaman. Ularga baxtli ekanimni aytaman va men unda yashamoqdaman. Smartfonimdagi video emas, balki haqiqiy xotiralarni saqlashni xohlardim. Chunki bu futbol tarixi va hayotimning bir qismi.

– Sizda faqat ikkita homiy bor: Nike va Hublot brendlari. Nima uchun faqat ikkita?

– Reklama doskasi boʻlishni istamayman. Avvalo, men oʻz prinsplarimga toʻgʻri keladigan hamkorlar bilan ishlashni xohlayman.

Ikkinchidan, mening ismim hurmat qilinishini istayman, men uni hech narsa bilan bogʻlashni xohlamayman. Bugun menda Nike va Hublot bilan bitim bor. Men bundan baxtiyorman. Ikkita buyuk kompaniyalarning yuzi ekanimdan faxrlanaman. Menda 70 ta homiyga ehtiyoj yoʻq, – deydi fransuz futbolchisi.