Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maymunchechakka qarshi emlash nogironlik yoki o‘lim chaqiradimi? (+Video)
16:33 / 2022-06-14

Rossiyalik olimlar maymunchechakka qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan chechakka qarshi vaksinalarning jiddiy yon ta’sirga egaligi, ushbu vaksina insonda nogironlik yoki o‘lim xavfini yuzaga keltirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Xususan, «Maymunchechakka qarshi vaksina og‘ir yon ta’sirga ega. Sputnik V kabi biz uchratgan barcha preparatlar ham nojo‘ya ta’sirga ega, ammo COVID vaksinasi hayot uchun xavf tug‘dirmaydi. 

Virus asosida ishlab chiqarilgan va ko‘p yillar davomida qo‘llanilgan chechakka qarshi vaksinaga kelsak, u hatto nojo‘ya ta’sirlarni emas, balki asoratlarni keltirib chiqaradi. Taxminan emlangan har 100 ming kishidan biri nogiron bo‘lishi yoki vafot etishi mumkin.

Rossiyada bizda chechakka qarshi eski vaksina zaxirasi bor. U albatta, maymunchechakka qarshi ishlatilishi mumkin, ammo preparat juda ko‘p yon ta’sirga ega. Shunga qaramay, u samarali va uning yordamida tabiiy chechak yo‘q qilinadi. Ammo u bilan emlanishni tavsiya qilmagan bo‘lardim», — deya ta’kidlagan rossiyalik olim Anatoliy Altshteyn.
Xo‘sh, bu mulohazalar qanchalik haqiqatga yaqin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oARtRegH26g" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video)