Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mayk Pens: “Janubi-Xitoy dengizi hech bir davlatga tegishli emas”
12:54 / 2018-11-16

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Singapurdagi Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi sammiti yakunidan soʻng Vashington va uning ittifoqchilarini Janubi-Xitoy dengizi Xitoy nazoratida ekanligi bilan murosa qilishga, bu hududda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazib, Pekinning “asabiga tegmaslik”ka chaqirgan edi.

“Reuters”ning yozishicha, Bugun Singapurdagi chiqishida AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens ayni chaqiriqqa eʼtiroz bildirgan. Uning bayonotiga koʻra, Janubi-Xitoy dengizi akvatoriyasi hech bir davlatga tegishli emas, Amerika ushbu hudud orqali kemalar qatnovi va samolyot parvozlarini amalga oshirishda davom etadi. 

"Janubi-Xitoy dengizi hech bir davlatga tegishli emas, men ishontiramanki, Qoʻshma shtatlar halqaro huquqlardan foydalangan holda va milliy manfaatlar asosida istalgan hudud orqali yuk tashish va parvozlarni amalga oshiradi”, degan Pens agentlik keltirgan iqtibosda. 

Janubi-Xitoy dengizidagi Sisha orollari va Nansha arxipelagi boʻyicha hududiy bahslar mavjud. Ularga Xitoy, Bruney, Vyetnam, Malayziya, Filippin daʼvo qilib kelmoqda. 2013 yildan buyon Pekin sunʼiy orollarni bunyod etish va oʻz hududini kengaytirish maqsadida akvatoriyada keng koʻlamli gidrotexnik va qurilish ishlarini olib bormoqda.