Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maydonda davlat xizmatchilari
20:48 / 2024-02-13

Samarqandda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, harbiy xizmatchilar hamda sport federatsiyalari jamoalari o‘rtasida viloyat spartakiadasi boshlandi.

Unda davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar, bojxona, sport boshqarmalari, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi jamoalari ishtirok etmoqda. 

Spartakiadada jamoalar sportning voleybol, basketbol, futzal, shaxmat, erkin kurash, yengil atletika, stol tennisi, suzish va o‘q otish turlari bo‘yicha kuch sinashmoqda. 

  Musobaqalar boshlanishi oldidan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi E.Turdimov, DXX viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Axmedov hamda sektorlar rahbarlari ishtirok etib, jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.

Viloyat hokimi aholini ommaviy sportga jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda, avvalo, rahbarlar, davlat hokimiyati organlari xodimlari boshqalarga namuna bo‘lishi kerakligini aytib, mazkur spartakiada shu maqsadga xizmat qilishini ta’kidladi.

  G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari