Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
May oyida 67 milliard 825 million so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan
14:19 / 2024-06-04

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, may oyida 971 ta holatda iste’molchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Bunda 39 milliard 332 million so‘mlik elektr energiyasi (46 mln. 264 ming kilovatt-soat) va 28 milliard 492 million so‘mlik tabiiy gaz (18 mln. 124 ming metr kub) talon-toroj qilingan. Ushbu holatlar tufayli davlat manfaatiga 67 milliard 825 million so‘mlik zarar yetkazilgan.  

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi.  

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.  

 

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA