English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus unvonlar bir pog‘ona ko‘tarildi
09:22 / 2022-07-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan bojxona xodimlarining maxsus unvonlari bir pog‘ona ko‘tariladigan bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan farmon asosida davlat bojxona qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan navbatdagi maxsus unvon olishni yillar davomida kutgan 785 nafar bojxonachining unvoni bir pog‘ona qo‘tarildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida navbatdagi maxsus unvonlarini olish baxtiga sazovor bo‘lgan 76 nafar bojxonachiga unvonlari topshirildi.

Tadbirda ko‘p yillardan buyon bojxona tizimida halol mehnat qilib, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan bo‘lim va post boshliqlaridan 9 nafariga “bojxona xizmati podpolkovnigi” maxsus unvoni, boshqarma apparati va mamlakatimiz sarhadlaridagi chegara bojxona postlarida xizmat qilayotgan katta va bosh inspektorlardan jami  21 nafariga “bojxona xizmati mayori” maxsus unvoni, shuningdek, 42 nafar bojxonachiga “bojxona xizmati kapitani” va 4 nafariga “bojxona xizmati katta leytenanti”, yana 4 nafar xodimga “bojxona xizmati leytenanti” maxsus unvonlari topshirildi.

Davlatimiz sarhadlarida qishin-yozin, kecha-yu kunduz mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi, xalq osoyishtaligi yo‘lida Ustyurt platosidagi ob-havo qaysarliklari, saraton jaziramasi va qahraton izg‘iriniga bas kelib, o‘z oilasi bag‘ridan 450 kilometr olisga borib xizmat qilayotgan bojxona xodimlariga bildirilayotgan bu kabi ishonch ularga yanada katta kuch bag‘ishlab, o‘z xizmat vazifalarini, ona Vatan oldidagi burchlarini yanada ulkan sadoqat va katta mas’uliyat bilan bajarishlariga turtki bo‘lishi aniq.

Dovud Abibullayev, O‘zA