Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus toifadagi yoshlar e’tiborda
12:06 / 2024-01-03

2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

Bojxona qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga biriktirilgan maxsus toifadagi yoshlarni yangi 2024 yil bilan qutlash tadbirlari davom etmoqda.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi otalig‘ida bo‘lgan yoshlar bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlarda nafaqat yoshlar, balki ularning ota-onalari ham qatnashib, ular bilan yaqindan suhbatlar tashkil etilmoqda.

Umidjon Abbosovning xonadonida bo‘lgan bojxona xodimlari uning onasi Zaynab opa bilan ham suhbatda bo‘ldi.  

–Farzandim Umidjonda “Yosh bojxonachilar forumi” juda katta taassurot qoldirgandi, –deydi  Zaynab opa. –U ayni kunlarda o‘z ustida ishlash va bilimlarini mustahkamlash bilan mashg‘ul. Farzandimdagi ijobiy o‘zgarishlarning barchasi uchun bojxona xodimlariga minnatdorchilik bildiraman.  

Tohir Mamedov va uning oila a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda bojxona xodimlari Tohirga bayram sovg‘alari bilan birga badiiy adabiyotlar ham taqdim etishdi. Hozir o‘z ustida ishlashga va ko‘proq ilm olishga intilayotgan Tohir kitoblarni sovg‘a tariqasida olar ekan, kelgusi uchrashuvlarda albatta o‘qigan badiiy adabiyotlari haqida so‘zlab berishga va’da berdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri