Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus sinovlarsiz diplomlari tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi
14:47 / 2022-02-14

Ko‘pchilik abituriyent va xorijiy mamlakatlarda tahsil oluvchi talabalarni o‘ylantiradigan masalalardan biri – ular ta’lim olayotgan oliy dargohning diplomi yurtimizda tan olinishi qanday me’yorlarga asoslanadi?

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 14 fevraldagi qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan 1 000 talikka kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2022 yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomlari sinovlarsiz mamlakatimizda tan olinadi.

Qayd etish lozim, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyundagi «Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida»gi qaroriga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro "Quacquarelli Symonds World University Rankings“, ”Times Nigher Education“, ”Academic Ranking of World Universities" tashkilotlari tomonidan  1000 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) mamlakatimizda tan olinadi.

O‘zA