Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
13:48 / 2026-01-06

Yangi yilning 5 yanvaridan boshlab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatga yangicha yondashuvlarni joriy etish maqsadida qishki ta’til vaqtida barcha fakultet professor-o‘qituvchilari uchun maxsus o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Shu asosda universitetning o‘quv auditoriyalarida prorektorlar va bo‘lim boshliqlari tomonidan ilmiy-tadqiqot, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy mavzular bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga keng ma’lumotlar berilmoqda.

Seminarda professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv dasturlarini TOP-300 oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari asosida optimallashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish va yangi metodologiyalarni joriy etish, ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv-metodik qo‘llanmalarni takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tajriba almashish, universitetning xalqaro reytingdagi nufuzini oshirishga qaratilgan tadbirlar, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminarlar doirasida professor-o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lib, har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb mavzular muhokama qilinmoqda. Ushbu seminarlar nafaqat o‘qituvchilarning salohiyatini oshirish, balki universitetning umumiy rivojlanish strategiyasiga katta hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri