Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus maktab internatlari oʻqituvchilari mehnat taʼtiliga chiqadimi yoki ish haqi oladimi?
14:35 / 2020-04-16

Bu boradagi savolga javob bergan Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Doniyor Ermatov jumladan shunday dedi:


Bu boradagi savolga javob bergan Xalq taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Doniyor Ermatov jumladan shunday dedi:

“Onlayn darslarning televizion shaklini olishda imkoniyati cheklangan, jumladan, uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan bolalarni ham oʻqitish hisobga olingan. Barcha dars mashgʻulotlari kar va zaif eshituvchi bolajonlarga ham tushunarli boʻlishi uchun surdo — pedogog va surdo-tarjimon orqali sinxron tarjima qilinmoqda.

Koʻzi ojiz bolalarga darslarni eshitib, tushunib olish imkoniyati yaratilgan.

Ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolajonlar ham boshlangʻich sinflar uchun berilayotgan teledarslar yordamida taʼlim olmoqda.

Bu toifadagi bolalar oʻqiydigan maxsus taʼlim dargohlari oʻqituvchilari oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan telefon orqali bogʻlanib maslahatlar berib kelmoqda.

Maktab internet oʻqituvchilari ham boshqa umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari singari mehnat faoliyatini davom ettirmoqda”.