Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
14:06 / 2022-06-07

ONLAYN

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, qonun loyihasida belgilanayotgan normalar  maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning 2020 yil 1 yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi 2020 yil 1 oktyabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, 2020 yil 1 yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq imtiyozlardan to‘liq foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur imtiyozning berilishi bilan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tasarrufida qo‘shimcha mablag‘lar saqlab qolinadi. O‘z navbatida ushbu mablag‘lar yangi korxonalarni tashkil etishga, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik qayta jihozlashga, mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

M.Komilova, O‘zA