French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Maxsus huquqiy rejim” tushuntirilmoqda (+video)
15:53 / 2025-12-15

Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 12 avgustdagi “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun- mohiyati soliq organi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga tushuntirilmoqda.

Uchrashuvlarda mazkur qaror davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish, soliq solish bazasini kengaytirish, jismoniy shaxslar uchun qonuniy faoliyatning jozibadorligini yanada oshirish maqsadida qabul qilinganligi ta’kidlandi.  

Qabul qilingan mazkur qarorga binoan 2030 yil 31 dekabrga qadar to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga davlat va moliyaviy xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish bo‘yicha maxsus huquqiy rejim joriy qilinadi.

–2026 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash va soliq davrida tovarlarni realizatsiya qilishdan, daromadi yuz million so‘mdan oshmagan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliq turidan ozod qilinadi,– deydi davlat soliq inspektori Umarbek Rahimboyev.  –  Shuningdek, yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi. Eng asosiysi, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun to‘lovlarni kontaktsiz «tap to pay» texnologiyasi orqali qabul qilish joriy qilinmoqda.

Qayd etish kerak, mamlakatimizda yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga ko‘pgina yengilliklar berilmoqda. Iqtisodiyot raqamlashgan sari soliq islohotlari ham jadallik bilan soliq to‘lovchilar hissasiga yengillashib bormoqda.

Uchrashuvlarda yaratilgan raqamli platformalar orqali yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, soliq hisobotlarini elektron shaklda topshirish imkoniyatlari yaratilgani bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wdhWQA6gcFE" title="“Maxsus huquqiy rejim” tushuntirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat, video), O‘zA muxbirlari