Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxsus harbiy amaliyot o‘tkazilayotgan hududda qancha aholi nobud bo‘ldi?
12:09 / 2023-12-12

Rossiya tomonidan maxsus harbiy amaliyot olib borilayotgan hududda oddiy fuqarolar orasida halok bo‘lganlar soni 2023 yil 1 dekabr holatida 1 800 kishini tashkil etmoqda. Bu 2022 yil qayd etilgan 8 200 raqamiga qaraganda sezilarli darajada kam, deyiladi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi saytida e’lon qilingan axborotda.

– Noyabr oyida begunoh aholi orasida qurbonlar soni yuqoriligicha qolgan, – deyiladi hujjatda. – Kamida 461 fuqaro hayotdan ko‘z yumgan yoki jarohatlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan buyon halok bo‘lgan 10 058 aholi vakilining 7 858 nafari Kiyev, 2 200 nafari esa RF Qurolli kuchlari nazoratidagi hududda yashagan.

Binobarin, BMT boshqarmasi ushbu qurbonlar uchun urush olib borayotgan tomonlarning qaysi biri javobgar ekaniga, shuningdek ma’lumot qayerdan olinganiga ham oydinlik kiritmagan.

Rossiya 2022 yil 24 fevralda Ukrainaga qarshi maxsus harbiy amaliyot boshlagan.