Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavsumni betalofat ӯtkazish bӯyicha kӯrgazmali ӯquv-mashg‘uloti o‘tkazildi
17:23 / 2021-10-27

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Nukus shahar Fuqaro muhofazasi tuzilmalaridagi daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ko‘rgazmali ӯquv-mashg‘uloti tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2021/2022 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini  ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shunga qaramasdan qo‘lbola ishlangan isitish qozonlari,  nosoz gaz plitalar va boshqa elektr isitish moslamalardan foydalanish oqibatida yong‘inlar kelib chiqib,  aholi ӯrtasida is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar yuz bermoqda. Jumladan, qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, sertifikatlanmagan isitish moslamalarini ishlatish, bolalarni qarovsiz qoldirish hamda nosoz o‘rnatilgan mo‘ri oqibatida  2020-2021 yillar kuz-qish davrida 19 nafar kishi is gazidan vafot etgan.

[gallery-4460]

Tadbirda mutaxassislar tomonidan  qo‘lbola ishlangan isitish qozonlari, mo‘rikonlarning nosozligi, nosoz gaz plitalar va boshqa elektr isitish moslamalardan foydalanmaslik, ularning inson hayoti va sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazishi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Ularning o‘rniga hozirgi zamon talablariga javob beradigan sertifikatga ega isitish qozonxonalaridan, gorelkalar va elektr isitish moslamalardan qoidaga muvofiq foydalanish zarurligi tushuntirildi.

Tadbir ishtirokchilariga videoroliklar namoyish etilib, maxsus is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tayyorlangan eslatma, bukletlar tarqatildi. Isitish qozonxonalari mo‘rikonlari tegishli tashkilot xodimlari tomonidan qanday tozalanishi bo‘yicha amaliy tartibda ko‘rsatildi.  

Ko‘rgazmali ӯquv-mashg‘ulotida fuqarolar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob oldi.  

 

Dovud Abibullayev,  Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA