Shu kunlarda Toshkent viloyati hududlari bo‘ylab yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruhi tomonidan navbatdagi o‘rganishlar olib borilmoqda.
Ma’lumki, kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Ayniqsa, yirik sanoat shaharlaridan biri bo‘lgan Qibray tumanida gaz ta’minoti va issiqlik tizimlarining uzluksiz ishlashi nafaqat aholi turmush darajasi, balki ijtimoiy muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari va kommunal xizmatlar barqarorligiga ham bevosita ta’sir qiladi.
Navbatdagi o‘rganishda Qibray tumanida tashkil etildi. Unda Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov, “Hududgazta’minot” AJ raisi M. Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanishda tejamkorlikni yanada kuchaytirish, mavjud imkoniyatlarni samarali ishga solish, energiya isrofini oldini olish bo‘yicha tizim xodimlariga aniq topshiriqlar berildi. Ishchi guruhi xodimlari hududlarda o‘rganishlar olib borib, mazkur sohalardagi holat bilan yaqindan tanishdi.
O‘tkazilgan monitoring jarayonida transformator punktlari, gaz taqsimlash nuqtalari va ularning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, iste’molchilarning murojaatlari ham o‘rganilib, aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha mutasaddilar bilan fikr almashildi. Bunday o‘rganishlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni yanada puxta rejalashtirishga, mavjud tizimning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mutaxassislar tomonidan gaz quvurlari, taqsimlash nuqtalari, mavsumiy yuklamaga tayyorgarlik darajasi hamda aholiga yetkazilayotgan bosimning barqarorligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, iste’molchilarning murojaatlari bo‘yicha joyida suhbatlar o‘tkazilib, qulaylik yaratishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Sovuq mavsumni betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
A. Musayev, O‘zA.